Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda prezident vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi
Vazirliklar, davlat muassasalari, federal va mahalliy tashkilotlar hamda xususiy sektor korxonalari uch kun davomida ishlamaydi. Bundan tashqari, mamlakatda 40 kun davomida bayroqlar tushirib qo‘yiladi.
Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyati prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda Amirlikning prezident ishlari bo‘yicha vazirligi xabar berdi.
"BAA davlati motam e’lon qiladi, bugundan boshlab vazirliklar, davlat muassasalari, federal va mahalliy tashkilotlar hamda xususiy sektor korxonalari prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan uch kun davomida ishlamaydi", - deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, mamlakatda 40 kun davomida bayroqlar tushirib qo‘yiladi.
2004 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon uzoq kasallikdan so‘ng 13 may kuni 73 yoshida vafot etdi.
Mavzuga oid
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
14:31 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev: BAA bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim
20:00 / 17.05.2026