Birlaşgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon uzoq kasallikdan söng 73 yoşida vafot etdi. 

"Prezident işlari böyiça vazirlik BAA prezidenti hazrati oliylari şayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan BAA xalqi, arab va islom millati va butun dunyoga ta’ziya bildiradi", - deyiladi mamlakat prezident işlari böyiça vazirligi xabarida. 

U Amirliklar asosçisi Zoid Ol Nahayonning tönğiç öğli bölib, 2004 yildan buyon mamlakatni boşqarib kelayotgandi. 

Oxirgi yillarda BAA prezidenti davlat işlari bilan deyarli şuğullanmagan, mamlakatni boşqarişni Abu-Dabi amirligi valiahd şahzodasi Muhammad bin Zoidga topşirgan.