Jahon | 14:56 / 13.05.2022
3668
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankadagi norozilik namoyishchilari prezident iste’fosiga erishmoqchi - OAV

Namoyishchilarning fikricha, mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy inqiroz uchun aynan prezident javobgar. 

Foto: AFP/Getty Images

Shri-Lankadagi ommaviy norozilik namoyishchilari mamlakat prezidenti Gotabaya Rajapaksa iste’foga chiqmaguniga qadar namoyishlarni davom ettirishini ma’lum qildi, deb xabar berdi The Times of India gazetasi. 

"Biz bu kurashni xalqimiz adolatga erishganida to‘xtatamiz. Kimni bosh vazirlikka tayinlashmasin, bu kurashni to‘xtatmaymiz", - degan namoyishchilar vakili Chamalaja Shivakumara. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy inqiroz uchun aynan prezident javobgar. 

Avvalroq prezident Gotabaya Rajapaksa muxolifatchi Ranil Vikramasingxeni bosh vazir etib tayinlagandi. Prezident o‘tgan haftada akasi, bosh vazir Maxind Rajapaksaning iste’fosini qabul qilgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid