Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boris Jonson va Kamala Harris BAAga boradi
Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri va AQSh vitse-prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi bu mamlakat bilan aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti etib saylangani munosabati bilan 15 may kuni ushbu mamlakatga tashrif buyuradi. Bu haqda Britaniya hukumati devonxonasi ma’lum qildi.
Jonson tashrif doirasida 13 may kuni vafot etgan marhum prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayon xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan marosimda ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, Jonsonning tashrifi Buyuk Britaniya va BAA o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan.
Shuningdek, TASSning xabar berishicha, AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris 16 may kuni Abu-Dabiga tashrif buyuradi va BAAning yangi prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Xabarga ko‘ra, AQSh vitse-prezidenti Amerika delegatsiyasiga boshchilik qiladi va Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan "Bayden va Harris ma’muriyati hamda amerika xalqi nomidan" ta’ziya bildiradi.
Harris Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuvida "mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarining mustahkamligini ta’kidlaydi".
15 may kuni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti etib saylandi.
Mavzuga oid
23:20 / 25.10.2025
Kamala Harris yana AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytdi
23:45 / 10.09.2025
Kamala Harris o‘z kitobida Jo Baydenni tanqid qildi
22:04 / 29.08.2025
Tramp Kamala Harrisni davlat muhofazasidan mahrum qildi
15:24 / 02.07.2025