Paramount kompaniyasi AQŞ prezidenti Donald Trampning sobiq vitse-prezident Kamala Harris intervyusi böyiça da’vosini hal qiliş uçun 16 million dollar tölaşga rozi böldi, deb yozdi The New York Times.
Paramount tölovi AQŞ prezidentining sud va yuridik xizmat xarajatlarini öz içiga oladi. Pul Trampning bölajak prezidentlik kutubxonasiga yönaltiriladi.
Kompaniya şuningdek, kelajakda prezidentlikka nomzodlar bilan böladigan «60 daqiqa» suhbatlarining yozma stenogrammalarini naşr etişga rozi böldi. Biroq Paramount ta’kidlaganidek, Tramp bilan kelişuv uzr söraşni öz içiga olmaydi.
Tramp 2024 yil noyabrida CBS News telekanaliga qarşi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qildi. Uşbu telekanalga Paramount kompaniyasi egalik qiladi.
Trampning ta’kidlaşiça, prezidentlikka demokrat nomzod Harris bilan suhbatda Isroil va Hamas haqidagi savolga javobning ikki varianti körsatilgan. U telekanalni tomoşabinlarni çalğitayotganlikda aybladi. Dastlab u zararni 10 milliard dollarga baholagan bölsa, keyinroq da’vo miqdorini ikki baravar oşirdi. Tramp CBS harakatlarini «notöğri talqindagi yangilikni namoyiş etiş» deb atadi. Kanal bu ayblovni rad qildi.
Köpçilik advokatlar Trampning da’vosini asossiz deb hisobladi. Ularning fikriga köra, CBS oxir-oqibat sudda ğalaba qozongan bölardi, şu jumladan, kanal heç qanday notöğri xabar bermagani sababli va qonun naşriyotlarga ma’lumotni qanday taqdim etişni belgilaşda keng ixtiyoriylik bergani tufayli.
Paramount raisi va nazorat paketi egasi Şari Redstoun kompaniya direktorlar kengaşiga Tramp bilan da’voni hal qiliş imkoniyatini körib çiqişni qöllab-quvvatlaşini aytgan edi.









