Foto: Ming yillik chinorlari ko‘kka bo‘y cho‘zgan Urgut
O‘zbekistondagi har bir hududning o‘z tashrif qog‘ozi bor. Urgutning tashrif qog‘ozi – bu ming yillik chinorlar, zilol suvli buloqlar va tuman hududi bo‘ylab qad rostlagan tog‘lar hisoblanadi. Kun.uz muxbiri Urgutda bo‘lib, uning diqqatga sazovor joylarini kadrga muhrladi.
Urgut tumani O‘zbekistonning betakror tabiatga ega hududlaridan biri hisoblanadi. Tumanning janubiy qismida 50-60 kilometr masofada Zarafshon tog‘ tizmasi joylashgan. Bu tizma Urgut tumanini Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani va Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyatiga qarashli Panjakent tumanidan ajratib turadi. Tumanning shimoliy chegarasi Zarafshon daryosiga borib tutashadi.
Urgut tumanida «Chor chinor» ziyoratgohi o‘zining ming yillik chinorlari bilan mashhur. Shuningdek, Omonqo‘ton tog‘ massivida noyob daraxtlar va o‘simliklar dunyosi bor. Bu yerda o‘sadigan Omonqo‘ton lolasi dunyoning boshqa joylarida uchramaydi. Shuningdek, tumanning Qoratepa maskanida noyob toshlar bor. 1973 yilda sobiq GDRning DeFA kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «Apachilar» filmining bir qismi ana shu yerda tasvirga olingan.
Urgut azaldan tadbirkorlar va hunarmandlar yurti hisoblanadi. Bu yerda yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda, turli hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ustalar va korxonalar ham bor.
Tumanda asosan uzum va turli sabzavotlar yetishtiriladi. Urgutda yetishtirilgan uzumdan quritilgan turli navdagi mayizlar bugun dunyoning ko‘plab davlatlariga eksport qilinadi.
Tumanda har bir qarich yer hisobli bo‘lgani uchun, odamlar baland qir-adirlar tepasigacha uzumzor bog‘ qilishgan.
Matn va suratlar muallifi — G‘ayrat Yo‘ldosh
Mavzuga oid
10:54 / 02.08.2024
Urgutda yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bola Cobalt urib ketishi oqibatida vafot etdi
22:17 / 29.07.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan mudhish «avariya»da uch kishi hayotdan ko‘z yumdi
10:27 / 25.08.2023
Urgutda «Malibu-2» urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
10:13 / 05.08.2023