Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Finlandiya va NATO rahbarlari bilan muzokara o‘tkazishini ma’lum qildi
Avvalroq Turkiya Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun bergan arizalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha muzokaralarni bloklab qo‘ygandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 21 may kuni Finlandiya yetakchisi Sauli Niinistyo va NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan muzokaralar o‘tkazishini ma’lum qildi.
"Men Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte bilan muzokara o‘tkazdim, ertaga Buyuk Britaniya bosh vaziri, Finlandiya prezidenti, Stoltenberg bilan muzokaralar o‘tkazaman", - dedi u.
Avvalroq Turkiya Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun bergan arizalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha muzokaralarni bloklab qo‘ygandi.
Bloomberg agentligining xabar berishicha, Turkiya hukumati Shvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatmaslik uchun o‘z talablari aks etgan ro‘yxatni tuzgan.
Turkiyaning talablari qatorida Shvetsiya va Finlandiya Kurdiston ishchilar partiyasi va u bilan aloqador tuzilmalarni terrorchilik tashkilotlari sifatida tan olishi kerakligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, agentlik suhbatdoshlari ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya F-16 qiruvchi samolyotlarining yangi partiyasini olishni hamda o‘z armiyasi ixtiyoridagi shu kabi samolyotlar modernizatsiya qilib berilishini istamoqda.
Bundan tashqari, Turkiya hukumati mamlakat yana F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish dasturiga qaytarilishini kutmoqda, mamlakat 2019 yilda Rossiyadan S-400 zenit-raketa tizimlarini olganidan keyin bu dasturdan chiqarilgandi. Anqaradagilar bu kelishuv tufayli qo‘llangan boshqa cheklov choralari ham bekor qilinishiga erishmoqchi.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
09:45 / 27.06.2026
Finlandiya yadroviy qurolga oid taqiqni bekor qildi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026