Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda haydovchi yo‘lda uxlab qolib, halok bo‘ldi
Foto: Videodan skrin
Jizzax viloyati Baxmal tumanida 27 may kuni inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat 27 may kuni 07:05 atrofida Baxmal tumanidan o‘tgan 4R-41 G‘allaorol—O‘smat avtomobil yo‘lining 20-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi (Baxmal tumani «Fayzobod» mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan) yo‘lovchi tashuvchi Nexia mashinasini Baxmal—G‘allaorol yo‘nalishida boshqarib ketayotganda harakat davomida uxlab qolgan. Yo‘l boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketgan.
Oqibatda transport vositasi ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. YTHda haydovchi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Mavzuga oid
13:39
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026