O‘zbekiston | 08:54 / 01.06.2022
13957
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi davlatlar soni ko‘paydi

Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumot bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 102 ta mamlakatdan oziq-ovqat mahsulotlari importi amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2021 yilda 94 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

  • Qozog‘iston – 38,2 foiz;
  • Rossiya – 25,2 foiz;
  • Braziliya – 11,3 foiz;
  • Belarus – 4,4 foiz;
  • Pokiston – 3,5 foiz;
  • boshqa davlatlar – 17,4 foiz.

Bundan oldin oziq-ovqat importi hajmining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid