Oziq-ovqat importi hajmining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar ma’lum qilindi
Joriy yil yanvar-mart oylarida mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari importi tarkibi 2021 yil importi tarkibiga nisbatan sezilarli darajada o‘zgargan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, margarin va o‘simlik yog‘i, go‘sht, kartoshka va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushi ortgan.
Import geografiyasi, mahsulot turlari ulushi va hajmi ham nisbatan o‘zgargan bo‘lib, asosiy mahsulot import qilib olingan davlatlar ichida birinchi o‘ringa Qozog‘iston (309,7 mln dollar), ikkinchi o‘ringa Rossiya (205,2 mln dollar) va uchinchi o‘ringa Braziliya (97,5 mln dollar) chiqqan.
Mamlakat importi ortishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
- birinchi omil – Rossiya va Belarusga nisbatan AQSh, Yevroittifoq va boshqa rivojlangan davlatlar tomonidan qo‘llanilgan iqtisodiy sanksiyalar oqibatida jahon oziq-ovqat bozorida narxlar va logistika tariflari yuqori sur’atlarda o‘sgani;
- ikkinchi omil – O‘zbekiston tomonidan bir qator qo‘shni davlatlarga bug‘doy, un va o‘simlik yog‘i mahsulotlarini eksport va reeksport qilish hajmining o‘sishi. Un eksporti bug‘doy va bug‘doy uni importiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari importi umumiy hajmi o‘sishiga o‘rtacha import narxlari qimmatlashuvi qariyb 55-60 foiz darajasida ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, import qilingan mahsulotlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar eksporti hajmi o‘sishi 40-45 foiz ta’sir ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
17:13 / 01.11.2024
Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi
10:59 / 20.10.2024