Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda uzumchilarga subsidiya berishning yana bir turi belgilandi
Hukumat qarori bilan uzum ko‘chatlarini shpalerga (yog‘och va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) ko‘tarish xarajatlari bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, nizomga asosan subsidiya:
- xo‘raki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan talabgorga – Bog‘dorchilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan;
- sanoatbop tokzorlarni barpo etgan talabgorga – Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.
Subsidiya barpo qilingan tokzorlarda uzum ko‘chatlarini ko‘tarish maqsadida shpalerni o‘rnatish (qurish) ishlari yakunlangandan so‘ng faqat bir marotaba, bir dona shpaler uchun 15 ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorini qoplash uchun ajratiladi.
Talabgor subsidiya olish uchun shpalerni o‘rnatish (qurish) ishlari yakunlangandan so‘ng xulosa olish uchun tuman ishchi guruhiga arizani yozma yoki elektron shaklda yuboradi. O‘rganish natijasi yuzasidan 1 kunda ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi.
Tegishli agentliklar tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlari bilan birgalikda 5 yil mobaynida shartnomada ko‘rsatilgan parametrlar bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi.
Jamoatchilik nazorati sub’yektlari tomonidan subsidiya predmetidan maqsadli foydalanilmayotgan yoki yaroqsiz holdaligi aniqlansa, bunday holatlar videotexnika vositalari orqali yozib olinib, 2 kun muddatda tuman ishchi guruhiga taqdim qilinishi mumkin.
Xabar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda tegishli agentlik tomonidan rag‘batlantiriladi. Rag‘batlantirish talabgordan undirilgan subsidiya 5 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
17:38 / 12.05.2026
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi
20:08 / 05.05.2026