Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada rekord darajadagi issiq ob-havo kuzatilmoqda
Ispaniyaning ko‘plab hududlarida tunda ham harorat 20 darajadan pastga tushmayapti. Jazirama sababli mamlakatda o‘rmon yong‘inlari yuz berdi.
Ispaniyada 1950 yildan buyon kuzatilmagan rekord darajadagi harorat qayd etilmoqda. 17 iyun kuni Anduhar shahrida termometr ko‘rsatkichi 44,3 darajaga chiqdi.
Aemet meteorologiya xizmatining ma’lumot berishicha, 18 iyun kuni Kataloniya, Navarra, Baskoniya va Andalusiyada harorat 40-42 darajani tashkil etdi. Madridda harorat 39 darajagacha ko‘tarildi.
Ispaniyaning ko‘plab hududlarida tunda ham harorat 20 darajadan pastga tushmayapti. Jazirama sababli mamlakatda o‘rmon yong‘inlari yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha kun ichida 25 ming gektar o‘rmon yonib bitgan.
Fransiyada ham yuqori darajadagi harorat kuzatilmoqda. Météo France meteorologiya xizmatining bildirishicha, "mutlaq harorat rekordlari" qayd etilishi mumkin.
Germaniyaning ayrim hududlarida dam olish kunlari havo harorati 34 darajadan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
19:05 / 15.06.2026