O‘zbekiston | 16:43 / 21.06.2022
5435
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 26 ta mahallaga qo‘shimcha 12 ta avtobus yo‘nalishi ochiladi

Toshkent shahrida jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga qo‘shimcha 12 ta avtobus yo‘nalishlari ochiladi. 

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga qo‘shimcha 12 ta avtobus yo‘nalishlari ochilib, metropoliten yo‘nalishlari bilan bog‘lanadi

Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ulardan ilk avtobus yo‘nalishi harakati joriy yil iyul oyidan yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, ushbu avtobus Yunusobod tumanining jamoat transporti yetib bormagan Tiklanish, Hasanboy va Hamkorobod mahallalari orqali  Xolis, Nurmakon, Yuqori Qoraqamish, Moyqo‘rg‘on, Ahmad Donish ko‘chalaridan Yunusobod metrosigacha harakatlanadi. 

Yangi tashkil etiladigan yo‘nalishda 3 ta avtobus harakatlanib, ularning oraliq intervali 12-13 daqiqani tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid