Atamboyev tartibsizliklar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
Atamboyev bilan birga uning sobiq maslahatchisi Farid Niyozov ham oqlandi.
Bishkek sudi Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev va uning sobiq maslahatchisi Farid Niyozovni 2020 yil oktyabrda tartibsizliklar uyushtirish to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqladi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Farid Niyozov ozodlikka chiqarildi.
Atamboyev tartibsizliklar sodir bo‘lgan vaqtda korrupsiya ishi bo‘yicha tergov izolyatorida saqlanayotgandi. Namoyishchilar uni ozod qilgan va Atamboyev tarafdorlari bilan Bishkekdagi markaziy maydonga chiqqandi. Ertasi kuni sobiq prezident mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan hibsga olingan.
16 iyun kuni Atamboyev ikkita - maktab qurilishida lavozimini suiiste’mol qilish va xorijliklarga noqonuniy ravishda pasport berish to‘g‘risidagi jinoyat ishlari bo‘yicha oqlangandi.
Mavzuga oid
17:48
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024