Finlandiya, Shvetsiya va Turkiya terrorizm bo‘yicha qo‘shma hujjat tayyorlaydi
Ma’lum qilinishicha, hujjat Turkiyaning terrorizm va qurol eksporti borasidagi xavotirlariga javob bo‘ladi.
Finlandiya, Shvetsiya va Turkiya NATO sammitida uch tomonlama qo‘shma hujjat tayyorlaydi, deb xabar berdi Helsingin Sanomat gazetasi. Gazetaning yozishicha, bu Anqaraning terrorizm va qurol eksporti borasidagi xavotirlariga javob bo‘ladi.
"Uch tomonlama qo‘shma hujjat NATOning Madriddagi sammitida prezident Sauli Niinistyo, Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng yakuniga yetkaziladi. Hujjat Turkiyaning terrorizm va qurol eksporti borasidagi xavotirlariga javob bo‘ladi", - deyiladi xabarda.
Finlandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi fonida NATOga qo‘shilish niyatini e’lon qildi. Bu davlatlarni alyansga qabul qilish uchun uning barcha 30 a’zosining roziligi kerak. Ayni paytda Anqara bunga qarshi chiqmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an buni “Finlandiya va Shvetsiyada Turkiyada terrorchilik tashkilotlari vakillari deb ataluvchi kurdlar bo‘yicha aniq pozitsiya yo‘qligi” bilan izohladi.
Bundan tashqari, Turkiya 2019 yilda Suriyada kurdlarga qarshi harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng Stokholm va Helsinki Turkiya tomoniga mudofaa mahsulotlarini yetkazib berishga sanksiyalar joriy etgan.
Mavzuga oid
14:29 / 13.11.2024
Finlandiya Timchenko va Rotenbergning hokkey arenasini musodara qiladi
11:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston va Finlandiya sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlaydi
18:36 / 08.11.2024
Finlandiya aeroportlari GPS tizimidagi uzilishlar tufayli 1960 yillardagi navigatsiyadan foydalanishga o‘tdi
22:40 / 05.11.2024