O‘zbekiston | 07:14 / 28.06.2022
8082
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar umumiy maydoni ma’lum qilindi

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni qancha ekani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabarida aytilishicha, 2021 yil yakunlariga ko‘ra respublika bo‘yicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 3457,8 ming gektarni tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida tahlil qilinganda, umumiy maydonning 74,9 foizi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 18,6 foizi – Toshkent viloyati, 2,4 foizi – Qashqadaryo viloyati hamda 2 foizi Jizzax viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi.

Bundan oldin O‘zbekistonda aholining 71 foizi jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi ma’lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid