O‘zbekiston | 19:11 / 04.07.2022
12862
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Nukus o‘rtasidagi aviareyslar vaqti o‘zgardi

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi davrida «Toshkent - Nukus - Toshkent» yo‘nalishidagi kechki aviareyslar jadvali o‘zgaradi.

4 iyuldan 2 avgustga qadar – Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi davrida «Toshkent – Nukus – Toshkent» yo‘nalishidagi HY017/018 kechki aviaqatnovlari jadvali o‘zgaradi. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati xabar berdi.

Reyslar jadvali (mahalliy vaqt bilan): 
 

  • Toshkentdan jo‘nab ketish: 16:20 (20:00 o‘rniga)  
  • Nukusga yetib borish: 18:00 (21:40 o‘rniga)  
  • Nukusdan jo‘nab ketish: 18:50 (22:30 o‘rniga)  
  • Toshkentga yetib borish: 20:10 (23:50 o‘rniga)

Bundan oldinroq Uzbekistan Airports matbuot xizmati Nukus aeroporti faoliyati komendantlik soatlarida vaqtinchalik cheklanishi haqida xabar bergandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid