Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus aeroporti faoliyatiga cheklov o‘rnatildi
Komendantlik soatlarida Nukus aeroporti ishlamaydi.
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”
Uzbekistan Airports matbuot xizmati Nukus aeroporti faoliyati komendantlik soatlarida vaqtinchalik cheklanishi haqida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etilishi va prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu aeroport faoliyati komendantlik soatlarida (21:00 dan 07:00 gacha) cheklanadi.
Aviakompaniya yo‘lovchilarni reyslar kechiktirilishi haqida xabardor qilgan.
Uzbekistan Airways’ning 3 iyul kuni rejalashtirilgan HY017/HY018 Toshkent—Nukus—Toshkent yo‘nalishidagi qatnovi bekor qilindi. Aviakompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, bekor bo‘lgan aviaparvozlar yo‘lovchilari 4 iyul kuni shu yo‘nalishdagi HY011/ HY012 reyslari bilan o‘z manzillariga yetkaziladi.
«Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz», deyiladi aviakompaniya xabarida.
Bundan oldinroq Nukus—Beyneu—Nukus yo‘nalishida qatnovchi xalqaro yo‘lovchi poyezdining bitta reysi bekor qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Nukusda 3 iyuldan 2 avgustgacha favqulodda holat joriy etilib, bir qator chora va vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 11.02.2026
Toshkentga uchgan samolyotlar Samarqand va Bishkekka qo‘nishga majbur bo‘ldi
15:10 / 03.02.2026
UzAirways yo‘lovchilari reysga kechikkanda, qaytish chiptasi bekor qilinmaydigan bo‘ldi
08:40 / 03.02.2026
2026 yildan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports nosohaviy xarajatlarni moliyalashtirmaydi
18:12 / 28.01.2026