Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston masalasida Eron ham O‘zbekistonni qo‘lladi
5 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.
“H.Abdullahiyon Eron tomoni O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatda tinchlik, osoyishtalik va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi”, deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.
Eron tashqi ishlar vaziriga Qoraqalpog‘istondagi mavjud holat, vaziyatning beqarorlashuviga yo‘l qo‘ymaslik, mintaqada jamoat tartibini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy islohotning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi, deya qo‘shimcha qilgan TIV matbuot xizmati.
Shuningdek, O‘zbekiston–Eron ko‘p qirrali munosabatlarini kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
“Tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari bir-birlarini yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayit bayrami bilan tabriklab, O‘zbekiston va Eronning xalqlariga farovonlik va ravnaq tilab qolishdi”, deyiladi xabarda.
Vladimir Norov 4 iyul kuni Qoraqalpog‘iston masalasida turkiyalik hamkasbi Mavlut Chovusho‘g‘li bilan ham telefonlashgan edi.
Mavzuga oid
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026