Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston bug‘doy va un eksportiga cheklov kiritdi
Qayd etilishicha, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu mahsulotlarni olib chiqib ketishga cheklov kiritilgan.
Qozog‘istonda 30 sentabrga qadar bug‘doy va javdar hamda bu o‘simliklar unini mamlakatdan olib chiqib ketishga cheklov kiritildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri buyrug‘i bilan Qozog‘istondan uchinchi mamlakatlarga va YeOII mamlakatlariga olib chiqib chiqib ketish uchun cheklov bug‘doy va javdarga 550 ming tonna, bug‘doy va javdar uniga 370 ming tonna miqdorida belgilandi.
Cheklov 8 iyuldan kuchga kiradi.
Qayd etilishicha, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu mahsulotlarni olib chiqib ketishga cheklov kiritilgan.
Avvalroq Qozog‘istondan o‘simlik moyi olib chiqishga vaqtinchalik cheklov qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026