Jahon | 23:32 / 08.07.2022
12985
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada koronavirusning yangi to‘lqini qayd etildi

Mamlakatda to‘rt kundan buyon sutkalik kasallanish holatlari soni 18 mingdan yuqori bo‘lib turibdi.

Foto: Getty Images

Janubiy Koreyada koronavirusning yangi to‘lqini boshlandi, sog‘liqni saqlash organlari infeksiyaga qarshi kurashni kuchaytirmoqchi, deb xabar berdi Koreya kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish agentligi. 

Agentlikning bildirishicha, "kasallikning yangi to‘lqini bilan bog‘liq vaziyat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda". 

Janubiy Koreyada to‘rt kundan buyon sutkalik kasallanish holatlari soni 18 mingdan yuqori bo‘lib turibdi. Bir hafta ilgari bu ko‘rsatkich sutkasiga 10 mingdan kamroqni tashkil qilayotgandi.

Sog‘liqni saqlash organlari mamlakat "koronavirusning yangi to‘lqiniga duch kelgani"ni qayd etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 19,3 mingta yangi holat qayd etilgan. Kasallanganlar soni 18,5 million nafarga yetgan, 24,6 ming bemor vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid