Jamiyat | 09:18 / 08.07.2022
9103
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 12 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi

Yangiyo‘l tumanidagi g‘isht ishlab chiqarish sexi yoz mavsumida 63 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng bo‘lgan tabiiy gazni talon-taroj qilgan.

Foto: Energetika vazirligi

Davlat xavfsizligi xizmati va Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan Toshkent viloyatida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unda «O‘rtaovul oltin g‘isht» MChJga qarashli Yangiyo‘l tumani, «U.Musayev» mahallasi hududida joylashgan pishgan g‘isht ishlab chiqarish sexi ko‘zdan kechirilganida, muqaddam 2020 yil sentabr oyida gaz ta’minoti tarmog‘idan uzilib, quvurlari demontaj qilinganiga qaramasdan, gaz hisoblagich o‘rnatmagan holda o‘g‘rincha tabiiy gazdan foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, korxona tomonidan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 12 mlrd 586 mln 373 ming so‘mni tashkil qilgan yoki yoz mavsumida 63 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng bo‘lgan tabiiy gaz talon-taroj qilingani ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga oid