Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankadagi namoyishlar fonida bosh vazir iste’foga chiqadigan bo‘ldi
Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa mamlakatni tark etgani aytilmoqda.
Foto: Reuters
Shri-Lanka bosh vaziri Ranil Vikremesingxe iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
"Hukumat o‘z ishini davom ettirishini hamda barcha fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida partiya yetakchilarining tavsiyasini qabul qilaman. Bosh vazir lavozimidan iste’foga chiqaman", - deb yozdi Vikremesingxe Twitter akkauntida.
Kolomboda 9 iyul, shanba kuni Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksadan o‘z lavozimini tark etishni talab qilgan bir guruh namoyishchilar uning qarorgohiga bostirib kirdi. Reuters xabariga ko‘ra, minglab namoyishchilar politsiya barrikadalarini buzib o‘tgan, ularning bir qismi binoga kirgan.
Prezident evakuatsiya qilingan va OAV xabar qilishicha, Shri-Lankani tark etgan bo‘lishi mumkin.
Shri-Lanka iqtisodiy inqiroz holatida bo‘lib turibdi. Hukumat oziq-ovqat, yonilg‘i va dori-darmonlar kabi muhim import tovarlarni moliyalashtira olmayapti. Mamlakat tashqi qarzi 51 milliard dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:20 / 30.11.2025
Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 440 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
09:12 / 23.08.2025
Shri-Lanka sobiq prezidenti Londonga shaxsiy safari uchun hibsga olindi
08:03 / 30.07.2025
O‘zbekiston Shri-Lanka bilan birga choy mahsulotlari ishlab chiqarishi mumkin
12:06 / 29.07.2025