Kolomboda 9 iyul, şanba kuni Şri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksadan öz lavozimini tark etişni talab qilgan bir guruh namoyişçilar uning qarorgohiga bostirib kirdi. Reuters xabariga köra, minglab namoyişçilar politsiya barrikadalarini buzib ötgan, ularning bir qismi binoga kirgan.

Politsiya namoyişçilarni tarqatiş uçun közdan yoş oqizuvçi gaz işlatgan. AFP xabariga köra, prezident qarorgohni namoyişçilar içkariga kirişidan bir neça daqiqa oldin tark etgan. 

Şri-Lanka iqtisodiy inqiroz holatida bölib turibdi. Hukumat oziq-ovqat, yonilği va dori-darmonlar kabi muhim import tovarlarni moliyalaştira olmayapti. 

Şri-Lanka rasmiylariga köra, mamlakat tölovga qobiliyatsiz ahvolga kelib qolgan, joriy yil oxirigaça u misli körilmagan iqtisodiy inqirozga duç kelişi mumkin. Boş vazir Ranil Vikramasinge parlamentga mamlakat çuqur tanazzulga yuz tutişini va 2023 yilda moliyaviy qiyinçiliklarni boşdan keçirişda davom etişini ma’lum qildi. 

Uning sözlariga köra, rasmiylar Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) bilan yordam paketi taqdim etiş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Boş vazirning uşbu bayonotidan köp ötmay, Şri-Lanka katolik çerkovi prezident Gotabay Rajapaksani inqiroz uçun javobgarlikni öz zimmasiga olişga va iste’foga çiqişga çaqirdi.