O‘zbekiston | 08:36 / 11.07.2022
9990
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi

Foto: stock.adobe.com

“2022-2026 yillarda O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

2022-2026 yillarda O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi. Kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlar ijtimoiy-iqtisodiy jadal o‘sishini ta’minlash strategiya asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi. Maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida:

  • innovatsion faoliyat sub’yektlari soni 613 tadan 2 250 tagacha yetkaziladi;
  • innovatsion infratuzilma sub’yektlari soni 3 baravarga oshiriladi;
  • innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni 4 baravarga oshiriladi.

2022 yil 1 avgustdan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot” zanjiri yaxlit tizimi joriy etiladi.

2022 yil 1 avgustdan “tubdan yangilovchi” innovatsiyalar yaratishni rag‘batlantirishning quyidagi tizimi joriy etiladi:

mahalliy ilmiy tashkilotlar va korxonalarga innovatsion tovarlar bo‘yicha davlat organlari bilan shartnomalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash huquqi beriladi; 

ustav fondida 50 va undan ko‘p foiz davlat ulushi bor xo‘jalik jamiyatlarida foyda solig‘ini to‘lagungacha uning 10 foizgacha ajratmalaridan Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Bunda:

  1. mablag‘lar “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarni yaratishga va joriy qilishga yo‘naltiriladi;
  2. jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar portfeli Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.

Mavzuga oid