Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda elektrosamokat ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda bir kishi vafot etdi
Poytaxtda elektrosamokat ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.
Foto: Toshkent shahar IIBB
2022 yilning 5 iyul kuni taxminan soat 01:55 larda, Shayxontohur tumani, Qoratosh ko‘chasida 1995 yilda tug‘ilgan, fuqaro S.V. elektrosamokatda harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib, ariqqa tushib ketgan.
Hodisa natijasida, elektrosamokat haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Biroq tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan muolajalariga qaramay, 11 iyul kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
15:39 / 26.04.2026