Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transafg‘on temiryo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
Foto: Kun.uz
18 iyul kuni Afg‘oniston hududida «Termiz-Peshovar» temiryo‘l aloqasini o‘rnatish bo‘yicha O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘onistonning qo‘shma loyihasining yo‘nalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiya ishlari boshlandi.
«Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar» transafg‘on temiryo‘l loyihasining taxminiy qiymati 5 milliard dollarni tashkil etadi. Uzunligi 600 km bo‘lgan temiryo‘l Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokistonning yirik dengiz portlariga chiqish yo‘lini ochadi.
Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, Pokistondan O‘zbekistonga yuk tashish 35 kun emas, 3-5 kun davom etishi, bitta standart yuk konteynerini tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev «bu temiryo‘l mintaqalarimiz qiyofasini butunlay o‘zgartirib yuborishi» haqida aytgandi.
Mavzuga oid
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025
Tojik-afg‘on chegarasida yana ikki xitoylik halok bo‘ldi, Xitoy xavfsizlikni ta’minlashni talab qildi
17:36 / 02.12.2025