O‘zbekiston | 17:24 / 18.07.2022
11774
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning 17-18 noyabr kunlari Samarqand shahrida «Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Foto: John Thys / Pool Photo via AP

Samarqanddagi Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bilan barqaror aloqalar bo‘yicha konferensiyasi 2021 yil 1 dekabrda qabul qilingan Yevropa ittifoqining yangi «Global darvozalar» strategiyasi doirasidagi birinchi mintaqaviy aloqa konferensiyasi bo‘ladi.

Bu umumiy qarashlar bo‘yicha ichki va mintaqalararo muloqotlar uchun platforma yaratadi, shuningdek, 2019 yilda qabul qilingan Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasida belgilangan barqarorlik, farovonlik va mintaqaviy hamkorlik maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradi.

«Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» yillik vazirlar yig‘ilishida Markaziy Osiyoning beshta davlati tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili – Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti – Jozep Borrel va Yevropa ittifoqining xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yutta Urpilaynen qatnashadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid