Jahon | 20:42 / 19.07.2022
14283
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan Xitoy va Hindistonga neft yetkazib berish hajmi kamaydi 

Xitoy va Hindistondan boshqa Osiyo mamlakatlariga neft sotish deyarli to‘xtagan, faqat Yaponiya va Janubiy Koreyaga qisman yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga, oxirgi haftada Rossiyadan Shimoliy Yevropaga neft yetkazish hajmi yana o‘sa boshladi. 

Foto: Andrey Rudakov/Bloomberg

Rossiyadan Xitoy va Hindistonga neft yetkazib berish hajmi apreldagiga nisbatan qariyb 30 foizga kamaydi, deb yozadi Bloomberg.

Nashrning yozishicha, Osiyo mamlakatlari yevropalik xaridorlar o‘rnini to‘liq bosa olmasligi mumkin. Neft narxining o‘sishi Rossiyaning daromadlarini oshirdi va xom neft yetkazish kamayishini qopladi, deydi ekspertlar.

Oxirgi to‘rt hafta davomida Xitoyga kuniga o‘rtacha 784 ming barrel, Hindistonga esa 679 ming barrel neft yetkazib berilgan.

Xitoy va Hindistondan boshqa Osiyo mamlakatlariga neft sotish deyarli to‘xtagan, faqat Yaponiya va Janubiy Koreyaga qisman yetkazib berilmoqda.

Shu bilan birga, oxirgi haftada Rossiyadan Shimoliy Yevropaga neft yetkazish hajmi yana o‘sa boshladi. Neftning katta qismi Niderlandiyaning Rotterdam shahriga, ozroq qismi Polsha va Finlandiyaga yetkazib berilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid