Jahon | 21:12 / 20.07.2022
14149
1 daqiqa o‘qiladi

Daniyada 81 yillik harorat rekordi yangilandi

Avvalgi rekord 1941 yilda qayd etilgan – o‘shanda harorat 35,3 darajani tashkil etgan. 

Foto: Mads Claus Rasmussen/Ritzau Scanpix

20 iyul kuni Daniyada 1941 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori harorat qayd etildi. Bu haqda The Local Denmark portali xabar berdi.

"Yutlandiya g‘arbidagi Borris shahrida 35,6 daraja harorat qayd etildi", - deyiladi portal xabarida.

Aniqlik kiritilishicha, avvalgi rekord 1941 yilda qayd etilgan – o‘shanda harorat 35,3 darajani tashkil etgan.

19 iyul kuni Buyuk Britaniyada yangi harorat rekordi qayd etilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Surrey grafligidagi Charlvud shaharchasida havo harorati 39,1 darajaga yetgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid