Jahon | 15:35 / 20.07.2022
4496
3 daqiqa o‘qiladi

«Ochiq Estoniya fondi» Rossiyada «nomaqbul» deb tan olindi

Rossiya Bosh prokuraturasi «Ochiq Estoniya fondi» faoliyati «Rossiya Federatsiyasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslari va xavfsizligiga tahdid soladi», deb hisoblamoqda. Rossiyada hozir 60 ta nomaqbul NNT mavjud.

Foto: Peter Hirth / DuMont

Rossiya Bosh prokuraturasi «Ochiq Estoniya fondi» faoliyatini mamlakatda nomaqbul deb topdi. Mahkama tashkilotning ishi «Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyaviy tuzumi va xavfsizligi asoslariga tahdid soladi» deb hisoblayapti. Umuman olganda, Rossiyada hozir 60 ta nomaqbul NNT mavjud. 

Rossiya Bosh prokuraturasi «Ochiq Estoniya fondi» faoliyatini «Rossiya hududida nomaqbul deb topdi», deb xabar berdi mahkama matbuot xizmati 20 iyul, chorshanba kuni. Qaror «qabul qilingan materiallarni o‘rganish natijalari asosida» qabul qilingan. 

Nodavlat notijorat tashkilot Tallinda ro‘yxatdan o‘tgan va saytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, «ommaviy muhokamani ochiqlik va bag‘rikenglikka yo‘naltirish» uchun tadbirlar tashkil etadi. Xususan, may oyida Estoniyada fond ko‘magida «Ruslar urushni xohlaydimi?» tadbiri o‘tkazildi. 

Rasmiy ravishda, tashkilot Rossiya Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan ro‘yxatga kiritilganidan keyin «nomaqbul» deb hisoblanadi. Hozir ushbu ro‘yxatda 56 ta tashkilot bor. O‘tgan haftada Bellingcat tergov loyihasi, The Insider internet-nashri, shuningdek, Chexiyaning Markaziy va Sharqiy Yevropa huquqiy tashabbus instituti ham «nomaqbul» deb topildi. Shunday qilib, «Ochiq Estoniya fondi» bilan birgalikda mamlakatda nomaqbul tashkilotlar soni 60 taga yetadi.

Nomaqbul tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun 2015 yilning bahorida kuchga kirdi. Mamlakatda ushbu tashkilotlarning har qanday faoliyati taqiqlanadi va ular bilan hamkorlik qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bir yil oldin Vladimir Putin nomaqbul tashkilotlar bilan hamkorlik qilganlik uchun jazoni kuchaytirgan edi. O‘shandan beri bunday NNT faoliyatini tashkil qilganlik uchun 2 yildan 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi, qonunda hamkorlik uchun bir yildan to‘rt yilgacha, xayriya uchun esa bir yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

15 iyul kuni «Ochiq Rossiya»ning sobiq direktori Andrey Pivovarov nomaqbul tashkilot ishini tashkil qilganlikda ayblanib, 4 yilga umumiy tartibli koloniya jazosiga hukm qilindi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid