Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Erdo‘g‘an Sochida muzokara o‘tkazadi
Avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Tehronda Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muzokaralarini sermahsul deb atagandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 5 avgust kuni bir kunlik tashrif bilan Sochiga boradi, deb xabar berdi Onado‘lu agentligi.
Xabarda aytilishicha, Turkiya prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazadi.
“Muzokaralar kun tartibidan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush hamda mintaqadagi boshqa jarayonlar mavzusi o‘rin olgan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ikki davlat rahbarlari “g‘alla yo‘lagi” bo‘yicha kelishuvning amalga oshirilishiga baho berishadi.
Avvalroq Eron poytaxti Tehronda Rossiya, Turkiya va Eron prezidentlari ishtirokida Suriya masalasi bo‘yicha sammit o‘tkazilgandi.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Tehronda Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muzokaralarini sermahsul deb atadi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026