AQSh Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olish to‘g‘risida akt tayyorlamoqda
NYT ma’lumotiga ko‘ra, ikki partiyaviy qonunchilar guruhi tomonidan ilgari surilgan, Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan olish akti Blinkenning qarshiligini chetlab o‘tishga imkon berishi mumkin.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zolaridan iborat ikki partiyali guruh qonunchi Ted Lyu (Kaliforniya shtatidan demokrat) boshchiligida Rossiyani terrorizm homiysi bo‘lgan davlat (THD) deb tan olish to‘g‘risidagi akt taqdim etdi. The New York Times (NYT) gazetasining 29 iyul, juma kuni xabar berishicha, agar AQSh Kongressi qonunni qabul qilib, imzolasa, bu chora AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning qarshiligini chetlab o‘tadi va RFni Shimoliy Koreya, Suriya, Kuba va Eronni o‘z ichiga olgan ro‘yxatga kiritadi.
NYT ma’lumotiga ko‘ra, Blinken «hissiyotlar»ga qaramay, uni Rossiya bilan biznes yuritayotgan AQSh ittifoqchilariga qarshi sanksiyalar joriy etishga hamda «Vashington va Moskva o‘rtasidagi diplomatiya qoldiqlarini» yo‘q qilishga majburlashi mumkin bo‘lgan harakatga qarshilik ko‘rsatmoqda.
Rossiya bizning chora-tadbirlar va boshqa davlatlarning sanksiyalariga muvofiq to‘layotgan narx terrorizmga homiy davlatlar ro‘yxatiga kiritilganidan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga mutlaqo mos keladi, dedi Blinken matbuot anjumanida. «Demak, qilayotgan ishimizning amaliy oqibatlari bir xil», - deydi AQSh davlat kotibi.
Mamlakatning THD ro‘yxatiga kiritilishi rasman AQShdan yordamni (shu jumladan iqtisodiy) cheklashni, mudofaa mahsulotlarini eksport qilish va sotishni taqiqlashni, ikki tomonlama maqsadli mahsulotlar eksportini nazorat qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni, kengaytirilgan moliyaviy imkoniyatlarni, THD kontragentlari bilan operatsiyalarni monitoring qilishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, ushbu chora «ikkilamchi sanksiyalar» deb atalmish cheklovlar – «terroristik» davlat bilan savdo qiluvchi shaxslar va mamlakatlarga nisbatan joriy etilishi munosabati bilan muhim ahamiyatga ega.
28 iyul kuni AQSh Senati Davlat departamentini Rossiyani terrorizm homiysi bo‘lgan davlat sifatida tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjat majburiy emas. NYT ta’kidlashicha, Senat rezolyutsiyasida qonuniy kuchga ega bo‘lmagan harakatga chaqiriq bo‘lsa-da, Ted Lyu boshchiligidagi guruh tomonidan taqdim etilgan chora Blinkenning qarshiligini chetlab o‘tishga imkon berishi mumkin.
«Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainadagi zo‘ravon agressiyasini to‘xtatish uchun qo‘lidagi barcha vositalarni ishga solishi kerak», dedi Lyu o‘z navbatida. «Men ushbu masalani himoya qilish uchun ikki partiyaviy deputatlar koalitsiyasini tuzganimdan xursandman», dedi u qonun qabul qilinishi mumkinligi haqida gapirar ekan.
Senat rezolyutsiyasida Rossiya hukumati Chechenistondagi ikkinchi harbiy kampaniya paytida tinch aholiga qarshi terror kampaniyasi va kuch ishlatganlikda, Suriyada zarbalar berganlikda hamda 2014 yildan beri Donbassdagi ayirmachilarni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblangan.
AQSh Senati «RF hukumatining Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlarini terrorchilik harakatlariga homiylik qilish sifatida ko‘rmoqda». Shu bilan birga, hujjatda «ushbu rezolyutsiyadagi hech narsa harbiy kuch ishlatish yoki AQSh qurolli kuchlarining jangovar harakatlarga kirishiga ruxsat beruvchi sifatida talqin qilinmasligi kerak» deb belgilandi.
Kreml, agar AQSh Kongressi Rossiyani terrorizm homiysi bo‘lgan davlat sifatida tan olsa, Vashington bilan munosabatlarning oqibatlarini «juda salbiy» baholashi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024