Berlin g‘arbidagi o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo‘ldi
Yong‘in bir yarim gektar maydonni qamrab olgan. Voqea joyida 100dan ortiq o‘t o‘chirish xizmati va politsiya xodimlari ishlamoqda.
Berlin g‘arbidagi Grunevald rayonida o‘q-dorilar va pirotexnika saqlanayotgan omborda portlash sodir bo‘lishi oqibatida kuchli yong‘in kelib chiqdi.
Xabar qilinishicha, portlashlar davom etayotgani sababli o‘t o‘chiruvchilar hozircha yong‘inni o‘chirishga kirishishmadi. Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, portlash sababi aniqlanmoqda.
Yong‘in bir yarim gektar maydonni qamrab olgan. Voqea joyida 100dan ortiq o‘t o‘chirish xizmati va politsiya xodimlari ishlamoqda.
Yong‘inni bartaraf etish uchun boshqa xizmatlar va Germaniya qurolli kuchlarining maxsus bo‘linmalaridan yordam so‘ralgan.
Portlash oqibatida yaralanganlar va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda.
G‘arbiy yo‘nalishdagi mahalliy poyezdlar harakati to‘xtatilgan.
Oxirgi kunlarda Berlinda kuchli jazirama hukm surmoqda. Bu yong‘inlar sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin, deb yozadi dpa agentligi.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
12:40 / 09.09.2024
Yashin Berlinda kuzatuvga tushgani haqida gapirdi
12:05 / 03.09.2024
Germaniya hukumati: Berlin Kiyevni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortmaydi
20:52 / 30.08.2024