Jahon | 18:50 / 08.08.2022
8567
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada Bayraktar dronlari ishlab chiqariladigan zavod quriladi 

Ma’lumot berilishicha, aksariyat modellarga Ukrainada ishlab chiqarilgan butlovchi qismlar o‘rnatiladi. 

Foto: Picture Alliance

Turkiyaning Bayraktar TB2 jangovar dronlarini ishlab chiqaruvchi Baykar kompaniyasi Ukrainada bo‘linmasini ochdi va mamlakatda zavod qurishga tayyorlanmoqda, deb ma’lum qildi Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar. 

«"Baykar" kompaniyasi egasi Ukrainadagi kompaniyasini tashkil etdi, kompaniya yer uchastkasi sotib oldi. Ular zavod loyihasini ishlab chiqdi va uni yil oxiriga qadar amalga oshirishmoqchi»,— dedi Bodnar «RBK-Ukraina»ga bergan intervyusida. 

Elchining aniqlik kiritishicha, aksariyat modellarga Ukrainada ishlab chiqarilgan butlovchi qismlar o‘rnatiladi. 

«Bular dvigatellar, boshqa ehtiyot qismlar, g‘ildiraklar, dronlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa narsalar bo‘lishi mumkin»,— dedi u. 

2021 yil yanvarda SAHA EXPO mudofaa sanoati ko‘rgazmasida Baykar va Ukrainaning «Ivchenko-progress» konstruktorlik byurosi MUIS dronlari uchun dvigatellar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid