Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat Uzbekistan Airways'ni xususiylashtirish jarayonini boshladi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Uzbekistan Airways” AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasi tanlab olinishi yuzasidan tanlov e’lon qildi.
Mahalliy va xorijiy talabgorlardan tijorat takliflarini joriy yil 17 sentabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etish so‘ralmoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi tarmog‘ida aktivlarni xususiylashtirish quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan:
- tarmoqda raqobatni rivojlantirish va unda davlat ishtirokini qisqartirish;
- tabiiy, moliyaviy, texnik va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
- tarmoqni rivojlantirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish hajmini ko‘paytirish.
Kompaniya “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi xizmat ko‘rsatish belgisi va savdo belgisining mutlaq huquqiy vorisi hisoblanadi.
Uzbekistan Airways – O‘zbekiston aviatsiyasi va xalqaro qoidalar nizomiga muvofiq yo‘lovchilarni va har qanday turdagi pochtalarni havo kemalari orqali tashish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.
Uzbekistan Airways 50 dan ortiq yo‘nalishlarda, Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika mamlakatlariga muntazam reyslarni amalga oshiradi. Aviakompaniya vakolatxonalari 20 dan ortiq shaharda faoliyat ko‘rsatadi.
Kompaniya asosiy faoliyatidan tashqari, Uzbekistan airways'ga tegishli "Uzbekistan Airways Technics" MChJ (havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish), "Uzbekistan Helicopters" MChJ (maxsus aviatsiya), "O‘quv-mashgulot markazi" MChJ (ta’lim faoliyati) va "Ketring" MChJ (bort uchun oziq-ovqatlar yetkazish) kabi tarkibiy korxonalari mavjud.
2021 yil yakuniga ko‘ra kompaniya 6,3 trln so‘m miqdoridagi sof tushumga, 53,7 mlrd so‘m miqdoridagi sof foydaga, 4,2 trln so‘m miqdoridagi ustav kapitaliga ega. Kompaniyaning markaziy ofisi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan.
Mavzuga oid
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
12:35 / 04.06.2026
Mobiuz aloqa operatori 351 mln dollarga sotildi
17:27 / 02.06.2026
Farg‘onadagi Uzsungwoo korxonasining 50 foizlik davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi
11:37 / 28.05.2026