O‘zbekiston | 08:14 / 25.08.2022
6461
1 daqiqa o‘qiladi

Pensiya jamg‘armasi tizimida 5,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklar aniqlandi

O‘tgan yarim yilda Pensiya jamg‘armasi tizimida 3 292 holatda 5,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklar va ortiqcha pensiya to‘lovlari aniqlangan.

Dilshod Mirsaidov

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi boshlig‘i Dilshod Mirsaidov Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Xatoliklar quyidagi yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilgan:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun ma’lumotlarni xato shakllanishi natijasida 2 194 holatda 3,5 mlrd so‘m;

davlat pensiya va nafaqalari noto‘g‘ri tayinlanishi va hisoblanishi natijasida 913 holatda 2,1 mlrd so‘m;

hududlarda buxgalteriya hisobini yuritishda smeta-shtat va budjet intizomi buzilishi natijasida 185 holatda 28,2 mln so‘m.

Ushbu aniqlangan qonunbuzilish holatlari barchasi huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirilgan.

Mavzuga oid