AOKAda ötkazilgan brifingda Içki audit va moliyaviy nazorat bölimi boşliği Dilşod Mirsaidov Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi içki audit xizmati tomonidan amalga oşirilgan işlar haqida ma’lumot berdi.

Xatoliklar quyidagi yönalişlarda yöl qöyilgan:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlaş uçun ma’lumotlarni xato şakllanişi natijasida 2 194 holatda 3,5 mlrd söm;

davlat pensiya va nafaqalari notöğri tayinlanişi va hisoblanişi natijasida 913 holatda 2,1 mlrd söm;

hududlarda buxgalteriya hisobini yuritişda smeta-ştat va budjet intizomi buzilişi natijasida 185 holatda 28,2 mln söm.

Uşbu aniqlangan qonunbuziliş holatlari barçasi huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiliş idoralariga topşirilgan.