O‘zbekiston | 12:08 / 29.08.2022
9004
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobodda «Lada» va «Kobalt» to‘qnashuvi oqibatida bir kishi jarohat oldi

Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi jarohat oldi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi aks etgan videotasvir tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Joriy yil 27 avgust kuni taxminan soat 00:30 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan D.M. “Lada” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan R.G. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida "Kobalt" avtomashinasi haydovchisi tan jarohatlari olib, shifoxonaga olib borilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid