Jahon | 22:19 / 30.08.2022
11254
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan Pokistonga boradi

Mamlakatning 33 million nafardan ziyod aholisi, ya’ni har yettinchi pokistonlik suv toshqinlaridan jabrlangan, qariyb bir millionta uy vayron bo‘lgan yoki jiddiy zararlangan. 14 iyundan buyon davom etib kelayotgan musson yomg‘irlari va suv toshqinlari oqibatida 1061 kishi halok bo‘lgan, 1,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Foto: REUTERS / Amer Hussain

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 9-11 sentabr kunlari tashrif bilan Pokistonda bo‘ladi, deb ma’lum qildi uning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.

"Bosh kotib kelgusi hafta jo‘nab ketadi. U 9 sentabr kuni Islomobodda bo‘ladi. Mislsiz halokatdan jabrlangan hududlarga boradi", - dedi Dyujarrik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Guterrish 11 sentabr kuni Nyu-Yorkka qaytadi.

Pokiston hukumatining xabar berishicha, mamlakatning 33 million nafardan ziyod aholisi, ya’ni har yettinchi pokistonlik suv toshqinlaridan jabrlangan, qariyb bir millionta uy vayron bo‘lgan yoki jiddiy zararlangan.

Mamlakat tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurashish milliy boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra,14 iyundan buyon davom etib kelayotgan musson yomg‘irlari va suv toshqinlari oqibatida 1061 kishi halok bo‘lgan, 1,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Daryolar toshishi natijasida 3457 kilometr yo‘lga zarar yetgan, 157ta ko‘prik buzilgan, 800 ming boshdan ortiq chorva mollari o‘lgan.

O‘tgan haftada Pokiston hukumati mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid