O‘zbekiston | 11:35 / 31.08.2022
3677
1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘p kvartirali uydagi ayrim umumiy mulklarni boshqa shaxsga berish taqiqlanadi

Joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkdan hamda uyga tutash yer uchastkasidan foydalanishda teng huquqlarga ega.

Foto: Kun.uz

“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, umumiy mol-mulk ayrim qismlari, joylar mulkdorlariga yoki boshqa shaxslarga joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan tartibda foydalanishga berilishi mumkin.

Quyidagi umumiy mol-mulklarni boshqa shaxsga berish taqiqlanadi:

  • tayanch va to‘siq konstruksiyalar;
  • kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘rama) pillapoyalar; 
  • zinapoyalar; 
  • liftlar;
  • lift shaxtalari hamda boshqa shaxtalar; 
  • uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari; 
  • joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari hamda qurilmalari va boshqa uskuna hamda qurilmalarni.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid