Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokatlik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibi o‘zgaradi
Vazirlar Mahkamasining «Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizomni nazorat qilish haqida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Bildirilishicha, loyihani ishlab chiqishdan maqsad advokatlik guvohnomasi bo‘yicha qog‘ozbozlik oldini olish, advokatlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar sonini qisqartirish va advokatlik guvohnomasini ID-karta sifatida maxsus QR-kod qo‘yilgan holda rasmiylashtirishni joriy etishdan iborat.
Loyihaga ko‘ra, shu kunga qadar advokat tomonidan taqdim etilgan ayrim hujjatlar bekor qilinib, advokatlik faoliyati uchun litsenziya nusxasi hamda advokatlik qasamyodini tasdiqlovchi hujjatlar, advokat fotosurati hududiy adliya boshqarmalari tomonidan mustaqil olinadi, advokatlik guvohnomasi ID-karta shaklida tasdiqlanadi, advokatlik maxsus guvohnomasi pochta orqali yuborilishi, guvohnomadagi QR-kodni skanerlash orqali advokat maqomi haqida ma’lumot olish belgilanadi.
Qayd etilishicha, loyiha qabul qilinishi advokatlik guvohnomasini berish tartibini to‘liq raqamlashtirish, advokatura institutini yanada takomillashtirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
10:00 / 17.06.2026
Sud jarayonlarida advokatlar vakolatlari kengaytirilishi mumkin
09:15 / 17.04.2026
Qozog‘iston endi qozoq tilini yaxshi bilmaydiganlarga doimiy yashash guvohnomasini bermaydi
07:51 / 02.04.2026
Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
11:04 / 07.01.2026