O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p ekani ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 sentabr holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 706 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yil mos davriga nisbatan 1 617 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar davlatlar kesimida soni bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda – 2 762 ta korxona.
Keyingi o‘rinlardan 2 071 ta korxonaga ega Turkiya va 2 044 ta korxonaga ega Xitoy joy oldi.
Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha Qozog‘iston va Koreya ham yetakchi beshtalikdan joy olgan. Mos ravishda, 1 195 ta va 910 ta korxona.
Xorijiy kapital ishtirokida korxonalarning boshqa davlatlar kesimida soni:
- AQSh – 320 ta;
- Qirg‘iziston – 291 ta;
- Tojikiston – 283 ta;
- Ozarboyjon – 247 ta;
- Germaniya – 213 ta;
- Turkmaniston – 171 ta;
- boshqalar – 4 199 ta.