Jahon | 18:21 / 16.09.2022
11300
1 daqiqa o‘qiladi

«Rosneft»ning Germaniyadagi aktivlari musodara qilindi

Rosneft Deutschland GmbH (RDG) va RN Refining & Marketing GmbH (RNRM) korxonalarini federal tarmoq agentligi ishonchli boshqaruviga o‘tkazildi.

Foto: TASS

Rossiyaning «Rosneft» kompaniyasining Germaniya hududidagi aktivlari musodara qilindi. Bu haqda Germaniya iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, federal hukumat Rosneft Deutschland GmbH (RDG) va RN Refining & Marketing GmbH (RNRM) korxonalarini federal tarmoq agentligi ishonchli boshqaruviga o‘tkazdi.

«Federal tarmoq agentligi Rosneft Deutschland hamda PCK, MiRo va Bayernoil neftni qayta ishlash zavodlari ustidan nazorat o‘rnatdi», — deyiladi xabarda.

Vazirlikning ma’lumot berishicha, Germaniyadagi barcha neftni qayta ishlash zavodlarining 12 foizga yaqini «Rosneft»ga tegishli.

Aprel oyida Gazprom Germania nemislar boshqaruviga o‘tkazilgandi. Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek kompaniyani to‘liq milliylashtirishga chaqirgan, biroq kansler Olaf Shols bunga rozi bo‘lmagandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid