Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Adliya vazirligi Maksim Galkinni «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga kiritdi
Rossiyalik shoumen Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirishini tanqid qildi va qochqinlarga yordam berish uchun mablag‘ yubordi. Galkin Rossiyada «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga kiritilgan 23-jismoniy shaxsdir.
Rossiya Adliya vazirligi rossiyalik artist Maksim Galkinni «xorijiy agent» vazifasini bajaruvchi jismoniy shaxslar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda 16 sentabr, juma kuni vazirlik saytidagi reyestrda ma’lumot paydo bo‘ldi. Adliya vazirligi xulosasiga ko‘ra, Galkin siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanyapti va xorijiy manba - Ukrainadan yordam olyapti.
Maksim Galkin jismoniy shaxslar - «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga kiritilgan 23-shaxs bo‘ldi. U bir necha bor Rossiyaning Ukrainaga qurolli bosqinini ochiqchasiga tanqid qildi. 24 fevralda - harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng, u shunday deb yozgan edi: «Men nima his qilayotganimni so‘z bilan ifodalay olmayman! Qanday qilib bularning barchasi yuz beryapti». Keyinchalik Galkin konsert berishni boshladi, ulardan tushgan mablag‘lar ukrainalik qochqinlarga yordam berish uchun yuborildi.
Rossiya federal telekanallari Galkin bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Uning o‘rniga Nikolay Tsiskaridze «Birinchi kanal»dagi «Segodnya vecherom» dasturining boshlovchisiga aylandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov sentabr oyi boshida Galkin «juda yomon bayonotlar» bergani va «ular bir yo‘lda emasligi aniq»ligini aytib o‘tdi.
Maksim Galkin va uning rafiqasi Alla Pugachyova Rossiyani mart oyi boshida tark etdi. Xonanda Isroilga davolanish va dam olish uchun ketganini tushuntirib, butunlay ketmoqchi emasligini aytdi. Pugachyova, Galkindan farqli o‘laroq, urush haqida ommaviy bayonotlar bermadi. U avgust oyida mamlakatga qaytdi, Galkin hali ham chet elda.
Rejissyor Nikita Mixalkovning tanqidiga javoban Anna Pugachyova o‘zi ishtirokidagi «Muhabbat quli» filmi bosh qahramoni so‘zlari bilan javob qaytardi: «Janoblar, janoblar, siz - hayvonlarsiz. Janoblar, yurtingizning qarg‘ishiga duchor bo‘lasiz, askarlar».
Mavzuga oid
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026