Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Ukrainaga 2,6 mlrd yevro miqdorida harbiy yordam ajratadi
Nyu-Yorkka tashrifi chog‘ida bosh vazir Liz Trass kelasi yili Buyuk Britaniya Ukrainaga 2022 yildan kam bo‘lmagan darajada harbiy yordam ko‘rsatishini e’lon qiladi.
«Bosh vazir Liz Trass shu hafta Nyu-Yorkka tashrifidan foydalanib, Buyuk Britaniyaning Ukraina xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi hamda kelgusi yilda Buyuk Britaniya Ukrainaga 2022 yil bilan bir xil darajada yoki undan ham ko‘proq harbiy yordam ko‘rsatishini e’lon qiladi», - deyiladi Britaniya hukumati saytida 20 sentabr, seshanba kuni e’lon qilingan press-relizda.
Bu haqda Liz Trass BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasidagi chiqishida ma’lum qiladi.
Xabarda qayd etilishicha, bu yil Buyuk Britaniya Kiyevga 2,3 milliard funt sterling ajratdi va «Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatuvchi ikkinchi yirik donor»ga aylandi. 2023 yilda Buyuk Britaniya harbiy yordamining aniq jihatlari Ukraina qurolli kuchlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Biroq, u yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari kabi qurollarni o‘z ichiga olishi kutilmoqda.
«Mening Ukraina xalqiga murojaatim shunday: Buyuk Britaniya sizni har qadamda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Sizning xavfsizligingiz - bizning xavfsizligimiz», - dedi Trass.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026