Jahon | 18:29 / 27.09.2022
2607
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda niqob taqish rejimi bekor qilinadi

Shu bilan birga, BAAga kirib kelayotganlar avvalgidek manfiy PZR-test natijasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi. 

Foto: AP

28 sentabrdan BAAda COVID-19 pandemiyasi sababli joriy etilgan niqob taqish rejimini bekor qilish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi ATOR.

Endilikda faqat shifoxona, masjid va jamoat transportida niqob taqish majburiy bo‘ladi.

Aviakompaniyalar yo‘lovchilarning niqob taqishi borasida o‘zlari qaror qabul qiladi.

Shu bilan birga, BAAga kirib kelayotganlar avvalgidek manfiy PZR-test natijasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi. 

Kovid cheklovlari turli amirliklarda bir-biridan farq qiladi. Masalan, Abu-Dabidagi Shayx Zayd masjidi yoki Luvrga kirish uchun manfiy test yoki emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat talab qilinadi, Dubaydagi diqqatga sazovor joylarga kirishda esa bunday talab yo‘q.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid