O‘zbekiston | 12:22 / 30.09.2022
9930
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga 190 dona katta sig‘imli yangi avtobus keltiriladi

“Toshshahartransxizmat” poytaxtga yangi avtobuslar keltirilishi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, prezidentning “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan poytaxtga yangi avtobuslar olib kelinadi. MChJlardan biri tomonidan yil yakuniga qadar 190 dona MAN A22 CNG rusumli katta sig‘imli avtobuslar keltiriladi.

Bu rusumdagi avtobuslar 30 ta o‘tirish va 60 turish o‘rniga mo‘ljallangan, konditsionerlar bilan jihozlangan, siqilgan tabiiy gazda ishlaydi. Sotib olingan avtobuslar ishlab turgan avtobuslar qatoriga kiritilib, hozir ular qaysi yo‘nalishlarga chiqishi ko‘rib chiqilmoqda. Ba’zi yo‘nalishlarda ular kam sig‘imli “Isuzu”lar o‘rnini egallashi mumkin.

Yil yakunigacha yana 25 ta o‘tirish va 31 ta turish o‘rniga ega bo‘lgan 85 dona SAZ LE-60 o‘rta sig‘imli avtobuslar ham olib kelinadi. Ular joriy yilda xarid qilingan shu rusumdagi 115 dona avtobuslarga qo‘shiladi.

Bildirilishicha, Yutong rusumidagi 20 dona elektrobusdan iborat parkka joriy yilda yangi elektrobuslar qo‘shilmaydi, ular kelgusi yilda olib kelinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid