Jahon | 10:17 / 03.10.2022
2503
2 daqiqa o‘qiladi

Latviyadagi saylovlarda hukmron «Yangi birlik» partiyasi g‘alaba qozondi

Rusiyzabon latviyaliklar orasida mashhur bo‘lgan «Rozilik» partiyasi besh foizlik to‘siqdan o‘ta olmadi. Latviyadagi saylovlar Ukrainadagi urush va energetika inqirozi fonida o‘tkazildi.

Foto: AP

Latviyada parlament saylovlarida bosh vazir Krishyanis Karinshning hukmron liberal-konservativ «Yangi birlik» partiyasi g‘alaba qozondi. Riga saylov komissiyasi 2 oktyabr, yakshanba kuni ertalab saylov uchastkalarining qariyb 95 foizida byulletenlarni sanab bo‘lgach, bu partiya nomzodlari 18,9 foiz ovoz to‘plaganini ma’lum qildi.

«Yangi birlik» xuddi Germaniya Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) vakillari kabi Yevroparlamentdagi Yevropa xalq partiyasi fraksiyasining bir qismidir.Latviyada bo‘lib o‘tgan saylovlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va latviyaliklarning energiya narxlari ko‘tarilishidan xavotirlanishi fonida bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchi o‘rinni muxolifatdagi «Yashillar va dehqonlar ittifoqi» bloki (12,8 foiz ovoz), uchinchi o‘rinni esa yangi «Qo‘shma ro‘yxat» bloki egalladi. Karinshning ittifoqchilaridan faqat konservativ «Milliy uyushma» (9,3 foiz) parlamentga kirdi. «Konservatorlar» minimal chegaradan ancha kam ovoz oldi, «Taraqqiyot uchun!» liberal partiyasi esa 5 foizlik to‘siqdan zo‘rg‘a o‘tdi.

Rusiyzabon latviyaliklar orasida mashhur bo‘lgan «Rozilik» partiyasining besh foizlik to‘siqdan o‘tishiga 0,2 foiz ovoz yetishmadi. Uning tarafdorlari qolgan byulletenlarni sanab chiqish natijalariga ko‘ra, parlamentga nomzod bo‘lishi mumkinligiga hamon umid qilmoqda.

Umuman olganda, Latviya Seymiga sakkizta partiya kiryapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid