Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA O‘zbekistonga yadro infratuzilmasini rivojlantirishda ko‘mak ko‘rsatadi
O‘zbekiston delegatsiyasi Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning 66-bosh konferensiyasi ishida qatnashdi
«O‘zatom» agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov va Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Uchrashuvda Rafael Grossi AEXA departamentlarining respublika tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi haqida yaxshi ma’lumotga ega ekanini qayd etdi. U agentlik O‘zbekistonga yadro infratuzilmasini rivojlantirish va milliy iqtisodiyot turli tarmoqlariga yadro texnologiyalarini joriy etishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Rafael Grossi Islom taraqqiyot banki ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash masalasiga to‘xtaldi. Bosh direktor ushbu loyiha shaxsiy e’tibori va nazoratida ekanini ta’kidladi.
Uning aytishicha, agentlik uskunalarni xarid qilishni muvofiqlashtirish va nazorat qilishni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Rafael Grossi qayd etganidek, ayni paytda agentlik O‘zbekiston bilan yadro tibbiyotida qo‘llaniladigan o‘ziga xos asbob-uskunalardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tibbiy mutaxassislar malakasini oshirish sohasida strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.
Mavzuga oid
11:37 / 13.05.2026
«Asosiy pasayish Sho‘rtanda» - energetika vaziri gaz qazib olish hajmining keskin qisqarib ketganiga izoh berdi
19:03 / 07.05.2026
Otabek Bakirov: “Yolg‘on axborot tarqatish haqidagi modda so‘z erkinligini toraytiryapti”
15:24 / 07.05.2026
Bloger Otabek Bakirovga nisbatan ma’muriy ish tugatildi
14:11 / 02.05.2026